Hududdagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 16-«Guliston» saylov okrugidan saylangan deputati R.Magripova tomonidan Fay mahallasining Shukrona ko‘chasida ko‘cha boshisi M. O‘rinov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
📝 O‘rganish davomida ko‘chadagi infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar sifati hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar joyida ko‘zdan kechirildi.
🔸 Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.