Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova Guliston MFYdagi bunyodkorlik va infratuzilma ishlarini muhokama qildi
Bugun Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi boshchiligida tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanimizdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.