35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

#162_Qonun

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Mahalla nuroniylari va ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2020-yil 20-oktabr, O‘RQ-642-son)ning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, qonunda belgilangan fuqarolarning band bo‘lish huquqi, davlat tomonidan bandlikni ta’minlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish, qayta tayyorlash va ishga joylashtirishga oid kafolatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2