Olmazor tumanida Xavfsiz muhitni ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Senat qo‘mitasi raisi ishtirokida muhokama qilindi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil
3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosining Olmazor tumanidagi 2026-yilning
6 oylik yakunlari yuzasidan fikr bildirdi.
📌 Ta'kidlanganidek, qaror ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
📌 Sessiya davomida deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, Prezident qarori ijrosini ta'minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🇺🇿 Qonun ustuvorligi, ochiqlik va hisobdorlik — taraqqiyotning muhim omilidir.