Zirobod mahallasida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi I. Ikromov Zirobod MFY hududida yaqinda asfaltlashtirilgan ichki ko‘chalarni joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish jarayonida bajarilgan ishlarning sifati, yo‘llarning foydalanishga yaroqlilik holati hamda aholiga yaratilgan qulayliklar baholandi. Mahalla fuqarolari bilan muloqot davomida yo‘l infratuzilmasi yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar ham tinglandi.
Deputat tomonidan hududdagi yo‘l infratuzilmasini sifatli saqlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati