35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 12-«Obodon» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev «Nurli hayot» mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faolining faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, «Ayollar daftari» bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimi, davlat dasturlari ijrosi va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
✔️ Deputatlik nazorati tadbirlari hududlarda qonunlar ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish yo‘lida izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 1