Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

24 tavsiya ijrosi amalda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z saylov okrugidagi “Xo‘tanariq” MFYda bo‘lib, mahalla raisi va mahalla yettiligi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etish, shuningdek, 2026-yil 16-iyul kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, deputatlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish hamda fuqarolarning rasmiy axborot manbalari — Telegram, Facebook, Instagram va E-Kengash platformalaridan muntazam foydalanishini ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3