Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yosh sportchining xalqaro musobaqadagi yutug‘i munosib e’tirof etildi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar tashkil etiladi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar hissasi
янв.21
Bolalar yozgi oromgohlarga kuzatildi
янв.21
Deputat va saylovchilar ochiq muloqoti
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan deputat G‘.I. Abdullayevga biriktirilgan tegishli tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Kengash kotibiyati xodimlarining “Madad” NNT bilan o‘zaro hamkorligi.
янв.21
Deputat G‘.I. Abdullayevning “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala sessiya oldi ko‘rib chiqildi.
"Chig‘atoy Oqtepa" MFY binosi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
"Chig‘atoy Oqtepa" MFY binosi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati nomiga "Chig‘atoy Oqtepa" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan mahalla binosi qurilishi bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.

📝 Murojaatda mahalla fuqarolar yig‘ini binosi qurilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlarning bugungi holatini o‘rganish, qurilishning boshlanish muddati hamda (agar qurilish ishlari boshlangan bo‘lsa) uning yakunlanish sanalari haqida aniq va asoslantirilgan ma'lumot berish so‘ralgan.

✅ Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla uyushmasi Olmazor tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. Mirzaxmedov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Deputatlik so‘rovida:

🔹 "Chig‘atoy Oqtepa" MFY binosi qurilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlarning holatini atroflicha o‘rganish;

🔹 Qurilishning boshlanish va yakunlanish muddatlari to‘g‘risida batafsil hamda asoslantirilgan ma'lumot taqdim etish;

🔹 Qurilish ishlarini jadallashtirish, mavjud muammo va to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi rejalar haqida aniq ma'lumot berish so‘ralgan.

📖 Mazkur deputatlik so‘rovi "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 5- va 8-moddalari asosida yuborildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishi deputatlik nazoratida bo‘lib, so‘rov natijalari yuzasidan mas'ul tashkilotning belgilangan muddatda asoslantirilgan javobi kutilmoqda.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 1