Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yosh sportchining xalqaro musobaqadagi yutug‘i munosib e’tirof etildi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar tashkil etiladi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar hissasi
янв.21
Bolalar yozgi oromgohlarga kuzatildi
янв.21
Deputat va saylovchilar ochiq muloqoti
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan deputat G‘.I. Abdullayevga biriktirilgan tegishli tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Kengash kotibiyati xodimlarining “Madad” NNT bilan o‘zaro hamkorligi.
янв.21
Deputat G‘.I. Abdullayevning “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala sessiya oldi ko‘rib chiqildi.
Deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganishlar davomida "Marhabo" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan TPS-835 transformator punkti binosining tom qismidan yog‘ingarchilik vaqtida suv o‘tayotgani aniqlandi. Mazkur holat transformator punktining texnik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, elektr ta’minoti tizimining ishonchli ishlashiga xavf tug‘dirishi hamda kelgusida nosozliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Deputat so‘rovida transformator punkti binosining tom qismini mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirish, zarur ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda amalga oshirish hamda elektr ta’minoti tizimining xavfsiz va uzluksiz faoliyatini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Elektr ta’minoti infratuzilmasining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi