Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi yashil hududlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputatlar Sh. Isamutdinov hamda A. Ergashev, shuningdek, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati F. Aminov tomonidan Kogon shahridagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yashil hududlari va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasa hududidagi daraxt va manzarali o‘simliklarning parvarishlanishi, ularni sug‘orish holati hamda yashil hududlarni saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, bugungi kundagi anomal issiq ob-havo sharoitida daraxtlarni o‘z vaqtida va me’yor asosida sug‘orish, ularning qurib qolishining oldini olish hamda yashil hududlarni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga mavjud yashillikni saqlab qolish, sug‘orish ishlarini uzluksiz tashkil etish hamda hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 5