Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshchuk Natalya Valeryevna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Yangiariq mahallasiga tashrif buyurilib, mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligi yuzasidan tahlillar olib borildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan individual ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar mahalla darajasida fuqarolarning muammolarini aniqlash va hal etish tizimini takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3