Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik nazorati doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov hamda 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov ishtirokida "Dehqonariq" mahallasi hududida joylashgan 31-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.

🔍 Deputatlik nazorati davomida muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazaning holati hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 Shuningdek, muassasa faoliyati davomida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Nazorat davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish hamda maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Deputatlik nazorati fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, bolalar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini samarali ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4