Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A. Bekchonov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari apparati bosh mutaxassisi M. Yusupov tomonidan Tuproqqal’a tuman FHDYO bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarni o‘z vaqtida va qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish, shuningdek, faoliyat jarayonida uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, FHDYO bo‘limi hamda tegishli davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, muammolarni tezkor aniqlash va ularning yechimini ta'minlash yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

📝 Muhokama jarayonida mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ O‘rganish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish, idoralararo hamkorlikni takomillashtirish hamda aholiga sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta'minlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1