Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
DEPUTATLAR TOMONIDAN “GULBOG‘” MFYDA QURILADIGAN KO‘P QAVATLI UYLAR YUZASIDAN AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich, tuman Kengashi deputatlari Xojiboyev Jalol Xotamboyevich hamda Usipxodjayev Yerlan Ormanovich,
shuningdek, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududda qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uylar va mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari yuzasidan aholini xabardor qilish, ochiq muloqot o‘tkazish hamda fuqarolarning fikr va takliflarini tinglashdan iborat bo‘ldi.Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi. Bildirilgan takliflar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va amaliy jihatdan o‘rganilishi ta'kidlandi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va rivojlantirish loyihalari yuzasidan aholi bilan ochiq muloqotlarni tashkil etish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish amaliyoti izchil davom ettirilmoqda.
  

Slide 1 of 3