Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
2026-yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

2026-yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 6-Do‘stlik saylov okrugi deputati Y.Musayev tomonidan 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan “Do‘stlik” mahallasi aholisiga axborot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, mahalla yettiligi a'zolari, mahalla faollari, umumta'lim maktablari direktorlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, hududdagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham axborot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 7