Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
янв.21
Oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
"Kamalak" oromgohida mazmunli yozgi ta'til davom etmoqda!
 "Kamalak" oromgohida mazmunli yozgi ta'til davom etmoqda!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonunida belgilanganidek, ta'lim oluvchilarning intellektual, ma'naviy va jismoniy rivojlanishini ta'minlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

🔷 Ana shu maqsadlar ijrosi hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kun" dastur ijrosi doirasida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Umarxodjayeva Shaxnoza Maxsudovna, Olmazor tumani maktab va maktabgacha ta’lim boʻlimining Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar sho‘ba bosh mutaxassisi Usmanova Gulchehra Xikmatullayevna hamkorligida va kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova ishtirokida Olmazor tumanidagi 298-sonli umumta'lim maktabi qoshidagi "Kamalak" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati o‘rganildi.

✔️ Xususan, Filippin davlatidan tashrif buyurgan ustoz Rina May Balao tomonidan "Happy English" ingliz tili to‘garagi tashkil etilib, o‘quvchilar ingliz tilini interaktiv usullar orqali o‘rganish, xorijlik ustoz bilan bevosita muloqot qilish va xalqaro madaniyat bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

🟡 Shuningdek, oromgohda sport musobaqalari, ingliz tili va fan to‘garaklari, rasm, musiqa va ijodiy mashg‘ulotlar, kitobxonlik va intellektual o‘yinlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ekskursiyalar hamda bir-biridan qiziqarli ko‘ngilochar dasturlar muntazam tashkil etilmoqda.

✅ Mazkur mashg‘ulotlar bolajonlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yozgi ta'tilni mazmunli va samarali o‘tkazishlariga xizmat qilmoqda.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 11