Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
Yoshlar kuni munosabati bilan “Qizlar davrasi” ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismailova ishtirokida Andijon shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Qizlar davrasi” ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida oila qadriyatlari va qizlar tarbiyasi, xotin-qizlar huquqlari, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ishtirokchilar mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma’naviy kamolot va kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan fikr almashdilar.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi yoshlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlarni izchil qo‘llab-quvvatlaydi.

Slide 1 of 5