Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
янв.21
Oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan o‘zining faoliyati davomida ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha biriktirilgan tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv olib borildi.
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimi bilan muloqot
янв.21
Deputat mahalla mas’ullari bilan uchrashdi
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 3-apreldagi “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishning reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-21-40-14-0-K/26-son qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Raxmatdjonovich Yunusov tomonidan Sergeli tumanidagi “Mehrigiyo” mahallasida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot taqdim etildi.

📝 Uchrashuvda Sergeli tumani hokimligi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, Sergeli tumani hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Furqat Muxiddinov, Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashi kotibiyati mutaxassislari, mahalla raisi, “mahalla yettiligi” vakillari, faol fuqarolar va nuroniylar ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida saylovchilar bilan 3 marotaba uchrashuv o‘tkazilgani hamda fuqarolardan kelib tushgan 17 ta murojaat yuzasidan tizimli ishlar olib borilganini ma’lum qildi. Murojaatlar asosida 2 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. Natijada 17-“Bunyodobod” saylov okrugida ichki yo‘llarni asfaltlash, hududlarni obodonlashtirish va kuzatuv kameralarini o‘rnatish bilan bog‘liq qator masalalar ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar esa deputatlik nazoratiga olindi.

🔎 Ta’kidlanganidek, deputat ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash, mahallalarda xavfsizlikni kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlari asosida dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan taklif va tashabbuslar bilan chiqdi.

📁 Shuningdek, deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining doimiy komissiyalari faoliyatida ham faol qatnashib, byudjet mablag‘larining samarali sarflanishi, hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ekologiya, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan muhokamalarda ishtirok etdi va tegishli tavsiyalar bildirdi.

🤝 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, ichimlik suvi bosimining pastligi, elektr ta’minotidagi uzilishlar, PQ-1 dasturi doirasida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining ishlamasligi, mahallada xavfsizlikni ta’minlash, obodonlashtirish hamda boshqa kommunal xizmatlarga oid qator masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅ Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, ko‘tarilgan muammolarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10