Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
янв.21
Oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan o‘zining faoliyati davomida ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha biriktirilgan tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv olib borildi.
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimi bilan muloqot
янв.21
Deputat mahalla mas’ullari bilan uchrashdi
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kotib

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” mahallalasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga qaratilgan profilaktik faoliyat, shuningdek, mas’ul shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada kriminogen vaziyatga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishiga zamin yaratayotgan ijtimoiy-maishiy muammolar, shuningdek, profilaktika subyektlari faoliyatining samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari va profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, mahallalar hududiga kirish, chiqish yo‘llarida hamda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida kuzatuv kameralari, shaxsni identifikatsiya qiluvchi qurilmalar hamda “SOS” tugmachali zamonaviy ustunlar o‘rnatilishi yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Slide 1 of 3