Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputati B.Ermatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.  Sobirov tomonidan "Oq er" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

 🔹 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilish dasturlari hamda imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, doimiy daromad manbaini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati yuzasidan fikr almashildi.

🔹  O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar va hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Aniqlangan muammolar deputatning nazorat hujjati hisoblangan “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora -tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1