Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
Yosh sportchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan deputatlik tashabbusi amaliy natija berdi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi a'zosi Saidova Shukrona To‘g‘tayevna tashabbusi bilan iqtidorli yosh sportchi Marsel Meznerni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Infratuzilma va barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 34 000 000 so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.


Mazkur tashabbus Chilonzor tumani “Nafosat” mahallasida yashovchi fuqaro Galina Anatolyevnaning murojaati asosida ilgari surildi. U vasiyligida tarbiyalanayotgan nevarasi Marsel Meznerning Ispaniyaning Benidorm shahrida bo‘lib o‘tadigan Taekwon-do ITF bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etishi uchun zarur xarajatlarni qoplashda amaliy yordam so‘rab deputatga murojaat qilgan edi.


Marsel Mezner ota-onasidan erta ayrilgan bo‘lib, bugungi kunda buvisi tarbiyasida voyaga yetmoqda. Shunga qaramay, u taekvondo sporti bilan muntazam shug‘ullanib, o‘zining mehnatsevarligi, qat'iyati va intilishi bilan respublika hamda xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqda.


Deputat Saidova Shukrona To‘g‘tayevna Yosh sportchining erishayotgan natijalari, kelgusidagi istiqboli hamda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish salohiyatini inobatga olgan holda Chilonzor tuman hokimligiga deputat so‘rovi kiritgan edi. Unda Marsel Meznerning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi, mashg‘ulotlarini davom ettirishi hamda zarur sport anjomlari bilan ta'minlanishiga ko‘maklashish masalasi ilgari surildi.


Ushbu deputatlik tashabbusi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqildi va deputat tomonidan kiritilgan taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi. Sessiya qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag' ajratilishi belgilandi.


Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yosh sportchimizga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Slide 1 of 5