Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
Joylarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

 Joylarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Turopova o‘z saylov okruglarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari O.Norbo‘tayev hamda tegishli mas’ullar ishtirokida joylarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

📋 O‘rganishlar davomida aholi murojaatlari, hududlardagi dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va ijro intizomi holati atroflicha tahlil qilinmoqda. Shuningdek, mas’ullar tomonidan yuritilayotgan “Ko‘chama-ko‘cha aylanish” jurnali ko‘zdan kechirilib, unda qayd etilgan muammolarning holati, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda ijro jarayonlari o‘rganilmoqda.

👥 Deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan joylardagi holatlar bevosita ko‘zdan kechirilib, tegishli hujjatlar bilan taqqoslanmoqda. Bu jarayon mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha asosli takliflarni shakllantirish hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

✅ Bu esa hududlardagi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish, ijro intizomini mustahkamlash va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.