Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
янв.21
Oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan Navgadi mahallasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
➡️O‘rganish jarayonida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar holidan muntazam xabar olish hamda patronaj xizmatlari samaradorligi yuzasidan monitoring olib borildi.
➡️Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish darajasi, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
➡️Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi ishlarni kuchaytirishdan iborat.

Slide 1 of 7