Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
янв.21
Oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Oblanov hamda tuman Kengashi deputati S. Zoirova tomonidan 23-Xalqobod saylov okrugida joylashgan Xalqobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔘O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud infratuzilma holati hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi.

🔘Jumladan, mahalladagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi, obodonlashtirish, bandlikni ta’minlash, tomorqalardan samarali foydalanish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va takliflar o‘rganildi.

🔘Muloqot davomida mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilishi, ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib borilishi belgilandi.

🔘Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan hududlarda sayyor o‘rganishlar o‘tkazish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni ijobiy hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2