Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
Xotira_aziz_Qadr_muqaddas

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati, Agrobank ATB Toyloq tumani filiali boshqaruvchi o‘rinbosari F.Siddikov hamda mas’ul xodimlar tomonidan saylov okrugidagi “Talliota” mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida faxriylar va keksa avlod vakillariga samimiy ehtirom ko‘rsatilib, ularning duolari olindi hamda bayram sovg‘alari topshirildi. Suhbat jarayonida yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, inson qadri va keksalarga bo‘lgan hurmat-e’tibor haqida iliq fikrlar bildirildi.

Yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash, ularning hayotiy tajribasi va mehnatini e’tirof etish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir. Ayniqsa, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan nuroniylar holidan xabar olish, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish jamiyatimizda inson qadri ulug‘lanayotganining yorqin ifodasidir.

Mazkur ezgu tadbir davomida nuroniylar yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va tinchlik bardavom bo‘lishini tilab duolar qildilar.

9-may — Xotira va qadrlash kuni yurtimizda ajdodlar xotirasini yod etish, faxriylarni e’zozlash va inson qadrini ulug‘lash kuni sifatida keng nishonlanadi.


✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2