Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
янв.21
Oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan o‘zining faoliyati davomida ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha biriktirilgan tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv olib borildi.
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimi bilan muloqot
янв.21
Deputat mahalla mas’ullari bilan uchrashdi
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
#Doimiy_komissiya #Ekspert_guruhi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati binosining deputatlar xonasida bo'lib o'tdi.

Doimiy komissiya yig'ilishida kun tartibidagi quyidagi:

Toyloq tumani hokimi B.Raxmatullayevning 2026-yilda Toyloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarining 2026-yil I chorakdagi ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
Tuman soliq inspeksiyasi rahbari Z.Sindorovning mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi haqidagi hisoboti to‘g‘risida.
Toyloq tumani mahalliy budjetining 2026-yil I charak ijrosi to‘g‘risida. Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2026-yil 9-fevraldagi
“2026-yilda Toyloq tumani bo‘yicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida”gi
VII-20-13-7-104-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Toyloq tumani mahalliy budjetining 2026-yil I-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 12-martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-325-V-sonli qarori haqida.
Toyloq tumanida ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Kun tartibida eshitilgan barcha masalalarni xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 5