Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri 18-may ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati N.Xamidova tomonidan Bog‘ishamol qishlog‘ida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv jarayonida aholining turmush sharoiti, ijtimoiy masalalar, mahalladagi mavjud muammolar hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflar tinglandi. Shuningdek, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilab olinmoqda. Deputat tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning murojaatlariga e’tibor qaratish va xalq manfaatlarini ta’minlash borasida ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3