Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
DEPUTAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 9-"Nafosat" saylov okrugi deputati Saidova Shukrona To‘xtayevna o‘z saylov okrugi hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son "Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida"gi Qonuni talablari hamda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosati ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena holati, oziqlantirish sifati hamda bolalarning xavfsiz va sog‘lom muhitda tarbiyalanishini ta’minlash masalalari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, pedagog va tarbiyachilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim sifati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, ularning samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4