Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASI TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi N.Ziyadinov hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili bilan hamkorlikda 8-Ulus saylov okrugi hududida joylashgan 10-son oilaviy poliklinikada navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i A.Abievning hisoboti yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️O‘rganish davomida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, aholining murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

➡️Shuningdek, poliklinikada onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, surunkali kasalliklarning oldini olish, patronaj xizmatlari hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi.

➡️O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda tibbiyot muassasasining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

➡️Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i A.Abievning hisoboti muhokama qilinishi jarayonida inobatga olinadi.

Slide 1 of 3