Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Jamoatchilik eshituvida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘rganuvida natijadorlik
янв.21
Deputatlarning 2026-yil iyul oyi davomida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarini o‘tkazish reja-jadvali.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil iyul oyi uchun tasdiqlangan ish rejasi.
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
Fuqarolar muammolari deputatlar tomonidan hal etildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputat M.Ashurov tomonlaridan tumanning “Ma’rifat” mahallasidagi fuqarolarning uy-joy bilan bog‘liq murojaati atroflicha o‘rganilib, mavjud ziddiyatli holatni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

🔺O‘rganishlar jarayonida mahalla raisi, nuroniylar va faollar ishtirok etib tomonlarning fikr va vajlari tinglandi, uy-joyning huquqiy holatiga doir mavjud hujjatlar tahlil qilindi. Masalani qonun talablari asosida hal etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Olib borilgan muloqotlar va huquqiy tushuntirishlar natijasida ziddiyatli vaziyat bartaraf etilib, masalani amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, uy-joyning huquqiy maqomini belgilangan tartibda rasmiylashtirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilishi belgilandi.

Slide 1 of 4