Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Jamoatchilik eshituvida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘rganuvida natijadorlik
янв.21
Deputatlarning 2026-yil iyul oyi davomida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarini o‘tkazish reja-jadvali.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil iyul oyi uchun tasdiqlangan ish rejasi.
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 12-"O‘choq" saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan "Soy" mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.️O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g`li ham ishtirok etdi.️Nazorat tadbiri davomida "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan hokim yordamchisi J.Maxmudovning aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.️O‘rganish jarayonida 2 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgani, 45 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlangani aniqlandi.Shuningdek, yil boshidan buyon 14 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida jami 370 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgani, 55 nafar fuqaro o‘zini- o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani qayd etildi.️Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mikroloyihalar amalga oshirilib, ularning amaliy faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. ️Uchrashuv yakunida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 

Slide 1 of 2