Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Jamoatchilik eshituvida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘rganuvida natijadorlik
янв.21
Deputatlarning 2026-yil iyul oyi davomida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarini o‘tkazish reja-jadvali.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil iyul oyi uchun tasdiqlangan ish rejasi.
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida

Muzrabot tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy asosda hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Navbatdagi murojaat Muzrabot tumani “Tong yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yurituvchi “Zarifbek Azizbek” xususiy korxonasi rahbari Ermo‘minov Chorshanbe tomonidan Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga taqdim etildi.

Murojaatda korxonaga tegishli 9,0 gektar yer maydoni bo‘yicha tuzilgan ijara shartnomasi, kadastr ma’lumotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida yuzaga kelgan holatlar hamda yer solig‘i hisoblanishi bilan bog‘liq masalalar bayon qilingan.

Ushbu murojaatni har tomonlama va xolisona o‘rganish maqsadida tuman Kengashi raisining nazorati ostida tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha hamda Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari a’zolari tomonidan tegishli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida masalaga aniqlik kiritish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Muzrabot tumani filiali hamda tuman soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan vakolatli tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra murojaat muallifiga belgilangan tartibda rasmiy axborot taqdim etiladi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi tomonidan har bir murojaat qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 3