Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologik toza va yashil texnologiyalar asosida qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona
янв.21
Fuqarolar turmush tarzi, yashash sharoitlari va muammol o‘rganildi
янв.21
Kengashning 29-30-iyun – 1-3-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi
янв.21
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar
янв.21
Deputatning ko‘cha boshi bilan ko‘chabay o‘rganuvi
янв.21
Sariqo‘rg‘on turistik zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
MAHALLALARDA DRAYVER LOYIHALAR HAYOTGA TADBIQ ETILMOQDA
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan ijobiy hal etildi.
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Yodgorova Kimyo Baxshullayevnaga Xo‘jabargi mahallasi fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaat ijobiy hal etilib, aholi uchun ma'naviy-ma'rifiy ziyorat safari tashkil qilindi.

Deputat tashabbusi bilan tadbirkor Hamdamov Nodir, "Akbarjon-Barakat" ta'sischisi homiyligida 50 nafar fuqaro uchun Shahrisabz shahridagi "Hazrati Beshir" ziyoratgohi hamda Samarqand shahridagi Imom Al-Buxoriy majmuasiga ikki kunlik bepul ziyorat safari uyushtirildi.

Mazkur tashabbus fuqarolarning ma'naviy hayotini boyitish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishlari uchun munosib sharoit yaratish hamda jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Fuqarolar o‘z murojaatlariga amaliy yechim topilganidan mamnun ekanliklarini bildirib, tashabbuskor deputat va saxovatpesha homiyga samimiy minnatdorlik izhor etdilar.

Inson qadri, fuqarolar manfaati va ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash – xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolaveradi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 6