Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Ismonova Namuna mahallasida bo‘lib, mahalla raisi M.Jo‘rayev bilan hamkorlikda aholi bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashrif doirasida fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda mavjud muammo va takliflari o‘rganildi. Uyma-uy yurish davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarning kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma, tibbiy xizmat va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tartibda chora ko‘rish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda masalalarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Uchrashuvlar jarayonida deputat tomonidan aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar va mahalliy Kengashlar faoliyati haqida tushunchalar berildi. Shu
bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.