Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar turmush tarzi, yashash sharoitlari va muammol o‘rganildi
янв.21
Kengashning 29-30-iyun – 1-3-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi
янв.21
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar
#Kengash_qarori #deputat_nazorati 📌 Kengash qarori amalda: mahalladagi ichki ko‘cha asfaltlashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq hamda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan manzilli dastur asosida tumandagi ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Namuna MFY hududidagi Chordara ko‘chasida asfalt qoplamasi yotqizilib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratildi.
Mazkur ishlar Ishtixon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida amalga oshirildi.

Aholi murojaatlari va hududlarda aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib shakllantirilgan bunday loyihalar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning turmush sifatini oshirish hamda hududlarni obod qilishga xizmat qilmoqda.

📍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1