Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar turmush tarzi, yashash sharoitlari va muammol o‘rganildi
янв.21
Kengashning 29-30-iyun – 1-3-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi
янв.21
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar
#162_ta_Qonun

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Хakimovlar tomonidan Oltinsoy tumani Ichki ishlar bo‘limi probatsiya hisobida turgan fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularni jamiyatga moslashtirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida Qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida probatsiya hisobida turgan fuqarolarning mavjud muammolari va ehtiyojlarini aniqlash maqsadida savolnoma asosida o‘rganishlar o‘tkazildi va ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook🌐E-kengash📸Instagram

Slide 1 of 3