Yangiliklar

Fuqarolarning yer munosabatlariga oid huquqiy ongini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Adliya bo‘limi mas’ul xodimlari hamkorligida fuqarolar uchun yer munosabatlarini huquqiy tartibga solishga doir qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibiga oid qonunchilikka kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, mazkur sohada qabul qilingan yangi huquqiy normalarning asosiy maqsadi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yer munosabatlarida
shaffoflik va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, huquqiy aniqlikni ta’minlashdan iborat ekani ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 3