Yangiliklar

Kattaqo‘rg‘onda oqova suvlarni tozalash inshooti qurilishi jadal davom etmoqda

Kattaqo‘rg‘onda oqova suvlarni tozalash inshooti qurilishi jadal davom etmoqda

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Gavhar Alimova shaharda amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalaridan biri — Boynazar oqova suvlarni tozalash inshooti qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Mazkur loyiha Jahon banki moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” dasturi doirasida qurilmoqda. Inshootning quvvati sutkasiga 20 ming kub metr oqova suvni tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, buyurtmachi — “Samarqand suv ta’minoti” AJ, pudratchi tashkilot esa Turkiya–O‘zbekiston qo‘shma korxonasi «ALKATAS – MESMER» hisoblanadi.

Slide 1 of 7