Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar turmush tarzi, yashash sharoitlari va muammol o‘rganildi
янв.21
Kengashning 29-30-iyun – 1-3-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi
янв.21
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan 26-“Chorguzar” saylov okrugi hududidagi “Xursandlik” MFYda yoshlar bilan ochiq va samarali uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bandlik, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari atroflicha tinglanib, har bir taklif va muammo individual yondashuv asosida ko‘rib chiqildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Eng muhimi, murojaatlar yuzasidan aniq va amaliy choralar belgilab olinib, tegishli “yettilik” a’zolariga masalalarni joyida hal etish, ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan muloqotning samarali tizimi shakllanayotganini, ularning muammolari e’tiborsiz qolmasdan, har bir murojaat ortida aniq yechim va natija turishini yana bir bor namoyon etdi.

Slide 1 of 3