Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar turmush tarzi, yashash sharoitlari va muammol o‘rganildi
янв.21
Kengashning 29-30-iyun – 1-3-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi
янв.21
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich 31-Mustaqillik saylov okrugi hududidagi Sho‘rchi tumanining “Oqqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida senator saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, hudud aholisini qiynab kelayotgan masalalar va murojaatlarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Xususan, ko‘chabay va uyma-uy yurish orqali fuqarolarning taklif hamda muammolari tinglandi, ularning aksariyati yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida amaliy choralar ko‘rilib, ayrim masalalar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Uchrashuv davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, bandlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Mamashukurov, tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Mazkur tashrif aholining muammolarini joyida o‘rganish, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlash, shuningdek, saylovchilar ishonchini oqlashga qaratilgan amaliy ishlardan biri bo‘ldi. Fuqarolar o‘z murojaatlarining bevosita tinglanib, tezkor choralar ko‘rilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek, senator tomonidan murojaatlar ijrosi va belgilangan vazifalarning bajarilishi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!
         ▶️ Kanalga ulanish: 👇
👍Telegram👍Facebook 👍Instagram 🌐

Slide 1 of 1