O‘rganish jarayonida bog‘ hududining obodonlashtirish holati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi dam olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan fikr almashildi.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari va takliflariga ham alohida e’tibor qaratilib, bog‘ infratuzilmasini yanada takomillashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlash joizki, deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan olib borilgan mazkur o‘rganish ishlari ham hududdagi mavjud holatni tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.