Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi faollari bilan navbatdagi uchrashuv va o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
Aholi e’tirozlari asosida bolalar maydonchasi holati o‘rganildi.


Aholidan kelib tushgan murojaat va e’tirozlar asosida Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan 18-Guliston saylov okrugi Guliston mahallasida joylashgan bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Xidiyatulina Rima Rashitovna hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganish va mahalla faollari bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalar davomida bolalar maydonchasida o‘rnatilishi lozim bo‘lgan sport inventarlari va jihozlari hanuzgacha to‘liq o‘rnatilmagani aniqlandi. Mazkur ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan “Asilxontupi” MSK tomonidan masalaga yetarli darajada e’tibor qaratilmay. ma'suliyatsizlik qilishi oqibatida obyektni to‘liq foydalanishga topshirish ishlari kechikmoqda.

Sport inventarlari va jihozlarining to‘liq mustahkamlanmagani hamda xavfsizlik talablariga muvofiq holatga keltirilmagani aniqlandi. Bu esa bolalar maydonchasidan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, turli baxtsiz hodisalar va jarohatlanish holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, maydoncha hududi maxsus xavfsizlik qoplamasi bilan ta’minlanmagani sababli kuchli changlanish kuzatilmoqda. Mazkur holat bolalarning qulay dam olishi va sport bilan shug‘ullanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, ularning salomatligiga ham zarar yetkazishi mumkin. Shu munosabat bilan maydoncha hududiga zamonaviy rezina qoplama o‘rnatish maqsadga muvofiqligi alohida ta’kidlandi.

Muhokamalar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport inventarlari va jihozlarini to‘liq hamda xavfsiz tarzda o‘rnatish, maydonchani amaldagi talablar asosida foydalanishga tayyor holatga keltirish yuzasidan tegishli vakolatli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 8