Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
HOKIMIYAT VA KENGASH HAMKORLIGI: MUROJAATLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich, tuman Kengashi deputati Yoqubova Xusnora Abduxamidovna, mahalla yettiligi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan tumanimizning “Novdak” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonida bo‘lib, uning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.Jarayonda deputatlar va mutasaddilar xonadon egalari bilan samimiy muloqot qilib, ularning yashash sharoiti, oilaning ijtimoiy holati hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida fuqaro tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.Xususan, fuqaroning subsidiya asosida uy-joy xarid qilish bo‘yicha qilgan murojaati tinglanib, mazkur masalani amaldagi tartiblar asosida ko‘rib chiqish hamda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.Shuningdek, uchrashuv davomida aholining turmush farovonligini yanada oshirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.Mazkur hamkorlikdagi o‘rganishlar hokimiyat va Kengashning aholi murojaatlariga befarq emasligi, fuqarolar muammolarini hal etishda tizimli va amaliy yondashuv yo‘lga qo‘yilganini yana bir bor namoyon etmoqda.  

Slide 1 of 4