Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
Poyjo’y mahallasi xotin-qizlar faolining faoliyati deputat tomonidan o’rganildi.

5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva tomonidan Poyjo’y mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samaradorligi bilan tanishdi.
O’rganish davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, muammolarini aniqlash va hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ularning chorvachilik bilan shug’ullanib, qoramol va mayda shoxli mollar parvarishi orqali o’z xonadoniga barqaror daromad keltirayotganligi alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, mahalladagi bir qator xotin-qizlar tomorqa yerlaridan samarali foydalanib, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish orqali oilaviy byudjetni mustahkamlayotgani qayd etildi. Bu esa ularning doimiy ish bilan bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Deputat tomonidan xotin-qizlarning bandligini yanada oshirish, ularni daromadli mehnat faoliyatiga keng jalb qilish va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1