Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi faollari bilan navbatdagi uchrashuv va o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
MAHALLA RAISLARINING MALAKASINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINARDA UCHTEPA TUMANI VAKILLARI ISHTIROK ETMOQDA

MAHALLA RAISLARINING MALAKASINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINARDA UCHTEPA TUMANI VAKILLARI ISHTIROK ETMOQDA

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 292-son hamda 2024-yil 13-iyundagi 334-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida seminar tashkil etildi.

📊 Mazkur seminarda Toshkent shahri mahalla raislari, soha mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Seminar davomida “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, mahalla raisining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholash jarayonlaridagi ishtiroki hamda mahallalar faoliyatini tartibga solishga oid yangi yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashilmoqda.

🇺🇿 Ushbu seminarda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari va bir vaqtning o‘zida mahalla raisi sifatida faoliyat yuritayotgan Azizov Kamolitdin To‘laganovich hamda Djalalov Sanjar Gayratovichlar ham ishtirok etmoqda.

💬 Tadbir davomida mahalla va mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlardagi muammolarni tizimli hal etishda deputatlik korpusi hamda mahalla institutining o‘zaro uyg‘un faoliyatini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5