Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Akramov hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilovlar ishtirokida Qashqar mahalla fuqarolar
yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor mahallada aholini tadbirkorlikka jalb
qilish, doimiy va mavsumiy ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni
qisqartirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda aholi
bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga
qaratildi.


Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamini
qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va davlat tomonidan
taqdim etilayotgan boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali
foydalanish holati atroflicha tahlil qilindi. Dehqonchilik, chorvachilik,
xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan
loyihalarning amaliy natijalari hamda ularning ijrosi manzilli o‘rganildi.


O‘rganish yakunlari bo‘yicha hokim yordamchisiga mavjud imkoniyatlardan
samarali foydalanish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, tadbirkorlik
loyihalarini ko‘paytirish va mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha
tegishli taklif va tavsiyalar berildi.


Aniqlangan kamchiliklar yesa deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga
qayd etildi va bartaraf etish masalalari nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 2