Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Deputat nazorati

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

🌉 Nazorat jarayonida Mehnatobod mahallasi hududida barpo etilayotgan yangi ko‘prikning qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va sifati o‘rganildi.

✅ Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6