Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
“Pattakesar” mahallasida kengash qarori asosida xonadonlar ta’mirlanadi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati T.Berdiyev saylov okrugiga tegishli “Pattakesar” mahallasida bo‘ldilar.
Mas’ullar u yerda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida ta’mirlanishi belgilangan fuqaro Z.Keldiyarovning xonadoniga tashrif buyurdilar.

💬 Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬 Ayni vaqtda mazkur xonadonda pudratchi tashkilot quruvchilari tomonidan o‘lchash ishlari amalga oshirilayotgani fuqaro tomonidan bildirildi. Shuningdek, mutasaddilar va quruvchilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, tayyorgarlik jarayonlari yakunlanib, tez kunlarda xonadonda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanishi belgilangan.

💬 Kengash deputatlari hamda mahalla faollari hamkorligida mazkur xonadonda olib boriladigan qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi qat’iy nazorat qilib boriladi.