Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘.Omonov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari o‘rganildi.

#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘.Omonov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-392-sonli qarori ijrosi doirasida tuman markaziga keluvchi avtomobil yo‘li bo‘yida tadbirkorlik subyektlari va yo‘l bo‘yi xizmatlarini tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratish maqsadida 11 km yo‘lni to‘liq 4 qatnovli qilib qayta qurish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan yo‘l qurilishi jarayonlari ko‘zdan kechirilib, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2