Yangiliklar

🏡 Mahallalarda bolalar maydonchalari holati o‘rganildi

🏘 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov hududlarda bo‘lib, mahallalarda aholi va bolalar maydonchalari holatini o‘rgandilar.

👨‍👩‍👧‍👦 O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, bolalarning xavfsiz va zamonaviy maydonchalarda vaqt o‘tkazishi, aholining esa qulay dam olishi uchun mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🌱 Hududlarni yanada obod qilish, bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy maskanlar yaratish borasidagi takliflar tinglanib, tegishli masalalar nazoratga olindi.

✨ Inson qadri ustuvor bo‘lgan mahallalarda farovon hayot sari amaliy ishlar davom etmoqda!

Slide 1 of 5